Ombor hisobi
Ombor hisobi dasturi: qoldiq doim aniq
Rivoo — do'kon va ulgurji savdo uchun ombor hisobi dasturi. Har bir kirim, savdo va ko'chirishni yozasiz, qoldiq va tannarxni esa dastur o'zi hisoblaydi.
Qoldiq har bir savdodan keyin o'zi yangilanadi Tannarx avtomatik hisoblanadi Inventarizatsiya telefonda sanaladi Har bir ombor qoldig'i alohida

Qoldiq taxminiy emas, aniq
Har bir kirim, savdo, qaytarish va hisobdan chiqarishni sana va xodim ko'rsatilgan hujjat bilan yozasiz. Har bir o'zgarish jurnalda qoladi: kim va qachon o'zgartirgan. Kunni yopsangiz, o'sha kungacha bo'lgan hujjatlarni o'zgartirib bo'lmaydi.
Kirim va chiqim Qaytarish Ko'chirish (omborlar o'rtasida) Yaroqsiz tovarni hisobdan chiqarish Kunni va davrni yopish
Tannarx va foydani qo'lda hisoblamaysiz
Har bir tovarning tannarxi avtomatik hisoblanadi. Kirimga yo'l kiri yoki bojxona xarajatini qo'shsangiz, u ham tannarxga kiradi. Foyda va marjani hisobotlarda ko'rasiz.
Foyda, marja va rentabellik Tannarxda yo'l kiri va bojxona Sotilmay yotgan tovarlar (mobil ilovada) Top tovar va mijozlar (ABC, Advanced moduli)
Inventarizatsiya: telefonda sanaysiz, kompyuterda o'tkazasiz
Xodim tovarni Rivoo mobil ilovasida sanab, saqlaydi. Veb-versiyada hisobdagi va sanalgan miqdorni solishtirasiz: ortiqcha va kamomad alohida ko'rinadi. Inventarizatsiyani o'tkazsangiz, qoldiq o'zi tuzatiladi.
Ortiqcha va kamomad alohida Sanalmagan tovar: o'zgarishsiz yoki 0 deb hisobdan chiqarish IMEI tovarlar skanerlab sanaladi O'tkazilganidan keyin bekor qilish va tuzatish
Ombor hisobi: barcha omborlar bir joyda
Har bir ombor va do'kon qoldig'ini alohida, hammasini esa bitta hisobotda ko'rasiz. Tovarni bir ombordan boshqasiga ko'chirish orqali o'tkazasiz. Omborda yo'q tovar sotilsa nima bo'lishini o'zingiz tanlaysiz.
“Omborlar bo'yicha qoldiq” hisoboti Xodimga faqat kerakli omborlar Manfiy qoldiq: ruxsat, ogohlantirish yoki bloklash Sozlama umumiy, ombor yoki tovar bo'yicha
Excel'dan yuklab, tez boshlaysiz
Tovarlarni Excel shabloni orqali yuklaysiz. Boshlang'ich qoldiq va qarzlarni “Ishni boshlash” bo'limida bir marta kiritasiz. Qadoqli tovar qoldig'ini quti va donada ko'rasiz.
Excel'dan import Narx yorliqlarini chop etish Dona va qadoq (masalan, 12 donalik quti) Tovar komplektlari Telefonlar IMEI bo'yicha hisobda
Tarif
Qaysi tarif kerak
Lite bepul: 1 foydalanuvchi, 1 ombor, 150 tagacha tovar, oyiga 300 hujjat, jami 30 ta mijoz va yetkazib beruvchi. Start oyiga 179 000 so'm: 2 foydalanuvchi va 1 ombor, tovar soni cheklanmaydi. Bir nechta ombor Plus tarifidan: oyiga 339 000 so'm, 2 ombor kiritilgan, har bir qo'shimcha ombor oyiga 66 000 so'm. ABC tahlil Advanced modulida: oyiga 220 000 so'm, Start tarifidan.
Ko'p so'raladigan savollar
Inventarizatsiyani qanday o'tkazaman?
Telefonda sanaysiz, kompyuterda o'tkazasiz. Xodim tovarni Rivoo mobil ilovasida sanab, saqlaydi. Siz veb-versiyada ortiqcha va kamomadni tekshirib, inventarizatsiyani o'tkazasiz — qoldiq o'zi tuzatiladi.
Bir nechta ombor yoki do'konim bor. Bo'ladimi?
Ha. Har bir ombor qoldig'i alohida yuritiladi, tovarni esa ko'chirish orqali bir ombordan boshqasiga o'tkazasiz. Bir nechta ombor Plus tarifidan boshlanadi.
Tovarlarni Excel'dan yuklasa bo'ladimi?
Ha. Tovarlarni Excel shabloni orqali yuklaysiz, boshlang'ich qoldiq va qarzlarni esa “Ishni boshlash” bo'limida kiritasiz. Kerak bo'lsa, biz yordam beramiz.
Tannarx qanday hisoblanadi?
Avtomatik, uni qo'lda kiritmaysiz. Kirimga yo'l kiri yoki bojxona xarajatini qo'shsangiz, u ham tannarxga kiradi. Foyda va marjani hisobotlarda ko'rasiz.
Xodimlar qoldiqni o'zgartira oladimi?
Faqat siz bergan ruxsat doirasida. Hujjatdagi har bir o'zgarish jurnalda qoladi: kim va qachon o'zgartirgan. Yopilgan kunni tuzatish uchun faqat ruxsati bor xodim qayta ocha oladi, bu ham jurnalga yoziladi.
Omborda yo'q tovar sotilsa nima bo'ladi?
O'zingiz tanlaysiz: ruxsat berish, ogohlantirish (tasdiq talab qilinadi) yoki savdoni bloklash. Sozlamani hamma uchun, ombor yoki tovar bo'yicha qo'yasiz. Bunday holatlar “Manfiy qoldiq hodisalari” hisobotida ko'rinadi.
Boshqa yechimlar
Bugun sinab ko'ring
Demoni oching yoki Telegramda yozing — tizimni ko'rsatib beramiz.