Rivoo — do'kon va ulgurji savdo uchun bulutli ERP va POS tizimi. Savdo, ombor, kassa, buyurtmalar va hisobotlar bir joyda, brauzer orqali ishlaydi.
“Demoni sinab ko'ring” tugmasini bosing, kirish sahifasida esa “Demo Baza”ni tanlang. Ro'yxatdan o'tish shart emas.
Tarif tanlaysiz: Lite bepul, pullik tariflar oyiga 179 000 so'mdan. Oylik narx balansdan har kuni yechiladi (oylik × 12 / 365). Kerak bo'lsa modul, qo'shimcha foydalanuvchi yoki ombor qo'shasiz. Balansni Click yoki Payme orqali to'ldirasiz.
Tovarlarni Excel shabloni orqali yuklaysiz, boshlang'ich qoldiq va qarzlarni “Ishni boshlash” ustasi yordamida kiritasiz. Kerak bo'lsa, biz yordam beramiz.
Shtrix-kod skanerlari, vaznli shtrix-kod chiqaradigan tarozilar, 58 va 80 mm chek printerlari, A4 printerlar va narx yorlig'i printerlari.
Ha. Bir nechta ombor va filial, ular orasida ko'chirish, har bir ombor bo'yicha qoldiq va filialga xos chek dizaynlari bor.
Ha. Rollar orqali har bir bo'lim va amal uchun ruxsat berasiz. Barcha o'zgarishlar jurnalda saqlanadi, yopilgan kunlarni esa o'zgartirib bo'lmaydi.
Ilova o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida ishlaydi. Har bir foydalanuvchi o'z tilini tanlaydi.
Bugun sinab ko'ring
Demoni oching yoki Telegramda yozing — tizimni ko'rsatib beramiz.