Telefon va elektronika
Telefon do'koni uchun dastur: IMEI hisobi
Rivoo — telefon do'koni uchun dastur: har bir telefonni IMEI bo'yicha kirimdan savdogacha kuzatadi. Telefon qaysi do'konda turgani, kimga sotilgani va qancha foyda bergani doim ko'rinib turadi.
Har bir telefon IMEI bilan hisobda Har bir telefonning foydasi alohida Qaytarish faqat sotib olgan mijozdan Aksessuarlar shtrix-kod bilan, bitta chekda

Telefon do'koni uchun IMEI hisobi: kirimdan savdogacha
IMEI hisobini do'koningiz uchun biz yoqamiz, siz esa uni kerakli tovarlarda belgilaysiz. Kirimda IMEI'ni skanerlaysiz yoki qo'lda yozasiz, kassada esa skanerlaysiz yoki ombordagilardan tanlaysiz. Har bir donaga IMEI kiritilmaguncha kirim yoki savdo yakunlanmaydi.
Ikkinchi IMEI va yetkazib beruvchi seriyasi (ixtiyoriy) Tovar bo'yicha IMEI uzunligi tekshiruvi Ko'chirish va qaytarishda ham IMEI Inventarizatsiya: IMEI mobil ilovada skanerlanadi
Bitta telefonni ikki marta sotib bo'lmaydi
Rivoo har bir IMEI'ni savdodan oldin tekshiradi. Omborda yo'q, boshqa omborda turgan yoki boshqa tovarga tegishli IMEI o'tmaydi. Xatoni inventarizatsiyada emas, kassaning o'zida ko'rasiz.
Omborda yo'q IMEI sotilmaydi Takroriy IMEI chekka tushmaydi Omborda turgan IMEI qayta kirim qilinmaydi
Telefonni faqat uni sotib olgan mijoz qaytaradi
Rivoo qaytarilayotgan IMEI'ni asl savdo bilan solishtiradi. Telefon boshqa mijozga sotilgan bo'lsa, qaytarishni qabul qilmaydi. Shuning uchun o'rniga boshqa telefonni topshirib bo'lmaydi.
Har bir telefondan qancha topganingizni ko'rasiz
“IMEI bo'yicha foyda” hisobotida har bir telefonning tannarxi, qanchaga sotilgani va foydasi bor. Qaysi model ko'proq pul keltirayotgani darrov ko'rinadi. “IMEI / seriya tarixi” esa telefonning butun yo'lini ko'rsatadi: kirim, savdo, ko'chirish, qaytarish.
“IMEI bo'yicha foyda” hisoboti Har bir telefonning “IMEI / seriya tarixi” “Ombor qoldig'i”da tovarning IMEI ro'yxati Seriya raqami, tovar yoki mijoz bo'yicha qidiruv
Narx valyutada, to'lov so'mda
Telefon narxini valyutada saqlaysiz. Kassa jami summani kurs bo'yicha so'mda ko'rsatadi. Mijoz bitta chekda aralash to'laydi: naqd, valyuta, plastik, Click va Payme.
Bitta chekda so'm va valyutadagi tovarlar Nasiyaga savdo va qarz muddati Telegram botda qarz qoldig'i va akt-sverka Har bir do'kon va ombor bo'yicha qoldiq
Tarif
Qaysi tarif kerak
IMEI hisobi har bir tarifda bor: uni yoqish uchun bizga Telegramda yozing. Valyutadagi narx va nasiyaga savdo Plus tarifidan boshlanadi, oyiga 339 000 so'm. Bepul Lite tarifida valyuta va nasiya yo'q, tovarlar esa 150 tagacha.
Ko'p so'raladigan savollar
Telefon do'konida IMEI hisobini qanday yuritaman?
Har bir telefonni kirimda IMEI bilan qabul qilasiz. Keyin savdo, ko'chirish va qaytarishda Rivoo IMEI'ni so'raydi va ombordagi qoldiq bilan tekshiradi. IMEI hisobini do'koningiz uchun biz yoqamiz, siz uni kerakli tovarlarda belgilaysiz.
Ikki SIM kartali telefonga ikkita IMEI kiritsa bo'ladimi?
Ha. Har bir donaga ikkinchi IMEI va yetkazib beruvchi seriyasini ham yozasiz, ikkalasi ixtiyoriy. Kassada ikkita IMEI'dan birini skanerlash yetarli.
Har bir telefondan qancha foyda qilganimni qanday bilaman?
“IMEI bo'yicha foyda” hisobotini oching. Unda har bir telefonning tannarxi, qanchaga sotilgani va foydasi bor. Seriya raqami, tovar yoki mijoz bo'yicha qidirasiz.
Mijoz telefonni qaytarib olib kelsa-chi?
Mijozning chekini topasiz va qaytarishni rasmiylashtirasiz. Rivoo IMEI'ni faqat shu mijozga sotilgan bo'lsa qabul qiladi. Shuning uchun o'rniga boshqa telefon qaytib kelmaydi.
Aksessuarlarni IMEI'siz sotsa bo'ladimi?
Ha. Rivoo IMEI'ni faqat siz belgilagan tovarlardan so'raydi. G'ilof, zaryadlovchi va quloqchinni odatdagidek shtrix-kod bilan, telefon bilan bitta chekda sotasiz.
Telefon narxini valyutada saqlasa bo'ladimi?
Ha, Plus tarifidan boshlab. Narx valyutada qoladi, kassa esa jami summani so'mda ham ko'rsatadi. Mijoz so'mda, valyutada yoki ikkalasida to'laydi.
Boshqa yechimlar
Bugun sinab ko'ring
Demoni oching yoki Telegramda yozing — tizimni ko'rsatib beramiz.