Kassa dasturi

Do'kon uchun kassa dasturi

Rivoo kassa dasturida kassir tovarni skaner, tarozi yoki ekrandagi tugma bilan qo'shadi. Har bir savdodan keyin ombor qoldig'i shu zahoti kamayadi, savdo esa hisobotlarga tushadi.

  • Skaner, tarozi, IMEI va m² bo'yicha savdo
  • Aralash to'lov va chekdan qaytarish
  • Brauzerda: kompyuter va sensorli monoblok
  • Demo — ro'yxatdan o'tmasdan
Rivoo: Do'kon uchun kassa dasturi

Kassa dasturi: tovarni tez qo'shasiz

Kassir tovarni skaner, tarozi yoki ekrandagi tugma bilan qo'shadi. Tarozi chiqargan shtrix-kodni dastur o'zi o'qiydi va vaznni chekka yozadi. Telefonni IMEI bo'yicha, plitkani m² bo'yicha sotasiz.

  • Shtrix-kod skaneri va tarozi
  • IMEI va m² bo'yicha savdo
  • Sensorli rejim va ekrandagi raqamli klaviatura
  • F-tugmalar: to'lov, chegirma, chekni kutishga qo'yish

Navbat to'xtamaydi, qaytarish oson

Mijoz biror narsa olib kelishga ketsa, chekni kutishga qo'yasiz va keyingi xaridorga xizmat qilasiz. Qaytarishni mijozning chekidan qilishni yoqsangiz, miqdor va narx sotilganidan oshmaydi. IMEI'li telefonni faqat uni sotib olgan mijoz qaytara oladi.

  • Kutishdagi cheklar
  • Qaytarish mijozning chekidan
  • Omborda yo'q tovarni sotishdan himoya

Har qanday to'lov: naqd, valyuta, plastik, Click va Payme

Mijoz bitta xaridni bir necha usulda to'laydi: masalan, bir qismini naqd, qolganini plastik yoki Click orqali. So'mdagi va valyutadagi tovarlar bitta chekka tushadi, qaytimni dastur o'zi hisoblaydi. Valyuta hisobi Plus tarifidan boshlanadi.

  • Aralash to'lov: naqd, valyuta, plastik, Click va Payme
  • So'm va valyutadagi tovarlar bitta chekda
  • O'zingizning to'lov turlaringiz
  • Keshbek va promo-kodlar

Chekni do'koningizga moslaysiz

Chekni 58 yoki 80 mm printerda, kerak bo'lsa A4 varaqda chop etasiz. Chekka logotip, o'z matningiz va QR-kod qo'shasiz, har bir filial o'z dizaynini tanlaydi. Telegram botga ulangan mijoz xarid haqida xabar oladi.

  • 58 mm, 80 mm va A4 cheklar
  • Logotip, o'z matningiz va QR-kod
  • Har bir filialga alohida dizayn
  • Narx yorliqlarini chop etish

Kassa va kassirlar nazorat ostida

Har bir kassir faqat o'ziga ruxsat berilgan bo'limlarni ko'radi. Dastur chekdagi har bir o'zgarishni kim va qachon qilganini yozib boradi. Kun oxirida kunlik hisobot (Z) va kassa tahlilini ko'rasiz, savdoni esa telefondagi ilovada ham kuzatasiz.

  • Rollar va ruxsatlar
  • Ekranni avtomatik qulflash
  • O'zgarishlar jurnali
  • Kunni yopish va kunlik hisobot (Z)

Tarif

Qaysi tarif kerak?

Lite tarifi bepul: 1 foydalanuvchi, 1 ombor, 150 tagacha tovar, oyiga 300 hujjat (savdo, kirim va boshqalar), jami 30 ta mijoz va yetkazib beruvchi. Pullik tariflar oyiga 179 000 so'mdan. Nasiya, valyuta hisobi va bir necha narx turi Plus tarifidan boshlanadi (oyiga 339 000 so'm).

Narxni hisoblash

Ko'p so'raladigan savollar

Kassa dasturi uchun qanday uskuna kerak?

Oddiy kompyuter yoki sensorli monoblok yetadi. Dastur brauzerda ishlaydi. Kompyuterga shtrix-kod skaneri, vaznli shtrix-kod chiqaradigan tarozi va 58 yoki 80 mm chek printeri ulanadi. A4 chek va narx yorliqlarini ham chop etasiz.

Kassa dasturini qanday ishga tushiraman?

Uch qadamda. Avval demoni ro'yxatdan o'tmasdan ko'ring. Keyin tovarlarni Excel shablonidan yuklang, boshlang'ich qoldiq va qarzlarni “Ishni boshlash” bo'limiga kiriting — kerak bo'lsa, buni biz qilib beramiz.

Kassa dasturi qancha turadi?

Lite tarifi bepul, pullik tariflar oyiga 179 000 so'mdan. Oylik narx balansdan har kuni bo'lib yechiladi, balansni Click yoki Payme orqali to'ldirasiz. Aniq narxni bosh sahifadagi kalkulyatorda hisoblang.

Kassirni o'rgatish qiyinmi?

Yo'q. Sensorli rejimda katta tugmalar va ekrandagi raqamli klaviatura bor, kassir sichqonchasiz ishlaydi. Asosiy amallar F-tugmalarda, kassir esa faqat o'ziga kerakli bo'limlarni ko'radi.

Bir nechta do'kon yoki filialda ishlaydimi?

Ha. Ko'chirish (omborlar o'rtasida), har bir ombor bo'yicha qoldiq va har bir filial uchun o'z chek dizayni bor. Bir nechta ombor Plus tarifidan boshlanadi.

Do'konda bo'lmasam, savdoni qanday kuzataman?

Telefondagi Rivoo Business ilovasi orqali. Uni App Store yoki Google Play'dan o'rnatasiz. Savdo, ombor qoldig'i va kassani istalgan joydan ko'rasiz.

Bugun sinab ko'ring

Demoni oching yoki Telegramda yozing — tizimni ko'rsatib beramiz.